“Real” futbolchilarida koronavirus aniqlandi 

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich va himoyachi Marseloda koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, futbolchilar izolyatsiya qilinadi. Biroq ular qancha vaqt maydonga tushmasligi ma’lum qilinmagan. “Marca” nashriga ko‘ra esa xorvatiyalik va braziliyalik charm to‘p ustasi kamida ikkita o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Madridning “Real” klubi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalida PSJga qarshi bahs olib boradi. Bungacha jamoalar o‘zaro 10 marta to‘qnash kelgan. “Qirollik klubi” to‘rt, parijliklar esa uchta g‘alabaga qayd etgan va yana uch bellashuv durang bilan yakunlangan. 

Jamoalar oxirgi marta 2019/20 yilgi mavsum YeCHL guruh bosqichida to‘qnash kelgan edi. O‘shanda PSJ o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0), Madridda esa jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekkan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Marselo Modrich Koronavirus UEFA

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing