“Real”dagilar Vinisiusdan norozi bo‘lmoqda

Sport

image

“Real Madrid” vingeri Vinisius Juniorga klub ichidagilarning munosabatlari yomonlashmoqda. Jamoadagi ko‘pchilik futbolchining xatti-harakatidan norozi. Bu haqda “Cadena Ser” xabar berdi.

“U endi o‘zini o‘zgartirishi kerak. Vinisius avgust oyidagi o‘yinlarida yaxshi o‘ynadi, ammo hozir hammasi o‘zgardi va klubda uning oldinga qadam tashlash vaqti kelgani haqidagi fikrlar tobora ko‘proq eshitilmoqda. Asosan, futbolchi “Real”ga kelganidan beri klub tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashdan foydalanmayapti. U klub uni qanday himoya qilganini va jamoadoshlari uni qanday qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rdi. Braziliyalik futbolchi boshqa mavzularga ko‘proq e’tibor qaratyapti, u 100 foiz e’tiborini futbol o‘ynashga qaratmayapti. To‘g‘ri, u gol urishda davom etmoqda, ammo Vinining klubdagi kelajagidan xavotirdaman. Vinisius atrofidagilar bilan bo‘lgan suhbatda, uning klubdagi yagona himoyasi Anchelotti ekanligini payqadim”, deydi jurnalist Anton Mina.

Qayd etish joiz, hozirda Vinicius agar Ispaniyada irqchilik bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmasa, Ispaniya keyingi Yevro o‘yinlarini o‘tkazish huquqidan mahrum etilishi kerakligini talab qilmoqda. Bu bayonot braziliyalik futbolchiga nisbatan katta salbiy munosabatga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing