Telegram
Birinchi biling!
Sport
−
07 aprel
2336Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni sotib olish variantidan voz kechdi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real” Bellingemning o‘yinlariga qiziqish bildirganiga qaramay, klub angliyalik futbolchining jamoaga moslasha olishiga shubha qilmoqda. Shuningdek, transferdagi yana bir muammo 19 yoshli yarim himoyachi uchun talab qilinayotgan 100 million yevrodan ko‘proq miqdor bo‘lmoqda.
Bellingemga “Real”dan tashqari “Manchester Siti” va “Liverpul” ham qiziqish bildirayotgandi. Futbolchining “Borussiya” bilan shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi.
Joriy mavsum angliyalik futbolchi Bundesligada 25 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali Bellingemga 120 million yevro narx belgilagan.
LiveBarchasi