“Real” Bellingem transferi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda

Sport

image

Madridning “Real” klubi tez orada Jude Bellingem uchun rasmiy taklif yuboradi. “Qaymoqranglilar” bir necha hafta oldin 19 yoshli angliyalik yarim himoyachi bilan shaxsiy shartnoma tafsilotlarini kelishib olgandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Aytilishicha, “Real Madrid” hozirda Dortmundning “Borussiya” klubiga rasmiy taklif tayyorlamoqda. Taklif bonuslarni ham o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, madridliklar “Borussiya”ning Bundesligada chempionlik uchun kurashayotganini inobatga olib, taklifni chempionlik masalasi hal bo‘lganidan keyin yuborishi mumkin.

Qayd etilishicha, “Real” va “Borussiya” Judning transferi bo‘yicha 100+40 million yevro sxemasi bo‘yicha kelishib bo‘lgan.

Bellingem joriy mavsum Bundesliganing 31 o‘yinida 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

transfer Real Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing