“Real” “Barselona” bilan o‘yinda o‘z rekordini takrorlashi mumkin
Sport
−
25 sentabr 2024 12276 1 daqiqa
Kecha, 24 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida “Real” o‘z maydonida “Alaves”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Bu muvaffaqiyat bilan “qaymoqranglilar” La Ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 39 ta o‘yinga yetkazdi. Klubning rekordi chempionatdagi mag‘lubiyatsiz 43 o‘yindan iborat.
Agar “Real” keyingi o‘yinlarda “Atletiko”, “Vilyarreal” va “Selta”ga yutqazmasa, 26 oktyabr kuni “Santyago Bernabeu”da “Barselona”ga qarshi o‘yinda klub rekordini takrorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining 7 ta turidan keyin “Real” 17 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Real”dan bitta kam o‘yin o‘tkazgan “Barselona” esa 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real” keyingi o‘yinini 29 sentyabr kuni “Atletiko”ga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirollik klubining fransiyalik hujumchisi Killian Mbappe Madrid derbisida qatnasha olmaslik ehtimoli borligi xabar qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust