“Real” Anchelottining ketishini rasman e’lon qildi
Sport
−
23 may 4543 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi bosh murabbiy Karlo Anchelottining jamoani tark etishini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berildi.
“Karlo Anchelotti har doim “Real” oilasining bir qismi bo‘lib qoladi. Biz u bilan faxrlanamiz – u nafaqat bizga ulkan yutuqlar olib keldi, balki klubimiz qadriyatlarini ham munosib ifodaladi”, deydi klub prezidenti Florentino Peres.
Ma’lumot uchun, Anchelotti “Real”da 2013-2015 yillarda ishlagan, so‘ng 2021 yilda jamoaga qaytgan va bu davrda klub bilan jami 11 ta sovrin qo‘lga kiritgan. Joriy mavsumda esa “Real” faqat UEFA Superkubogi va Butunjahon klublar o‘rtasidagi kuboknigina yutdi.
Italiyalik mutaxassis o‘rniga “Real”ni ispaniyalik Xabi Alonso boshqarishi kutilmoqda. U 9 may kuni Leverkuzenga tegishli “Bayer” klubidan ketishini e’lon qilgan.
Ertaga, 24 may kuni “Santyago Bernabeo ” stadionida Anchelotti “Real Sosedad”ga qarshi oxirgi o‘yinini murabbiy sifatida o‘tkazadi – bu Ispaniya chempionatining so‘nggi turi bo‘ladi.
Bungacha esa Karlo Anchelottining navbatdagi manzili Braziliya terma jamoasi bo‘lishi oydinlashgandi.