“Real” Anchelotti bilan iste’fo bo‘yicha kelishib oldi
Sport
−
06 may
4207Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tez orada “qaymoqranglilar” bosh murabbiyligidan ketadi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis va Madrid klubi o‘zaro hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Anchelottining “Real”ni tark etishi navbatdagi “El klasiko”dan keyin e’lon qilinishi mumkin.
11 may kuni “Real” La Liganing 35-turi doirasida “Barselona”ga qarshi o‘ynaydi.
O‘tkazilgan 34 o‘yindan so‘ng “Real Madrid” 75 ochko to‘plagan holda La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Ispaniya chempionatining 2024/2025 yilgi mavsumi turnir jadvalida “Barselona” yetakchilik qilmoqda. Jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi 4 tani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xabi “Real” ustoziga aylansa, “Bayer”ga kim bosh murabbiylik qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi