“Bayer” Xabi ketsa, sobiq “Real” futbolchisini murabiylikka tayinlamoqchi

Sport

image

“Bayer” 19 yoshgacha bo‘lgan "Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloani Xabining o‘rniga murabbiylikka nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda COPE xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “dorichilar” mavsum yakunida Xabi Alonso jamoani tark etsa, 42 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Xabi Karlo Anchelotti istefoga chiqarilganidan keyin “Bayer”ni tark etib, “Real”ni boshqarishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Shu bilan birga, Arbeloa ayni damda Raul murabbiylik qilayotgan “Real Madrid Kastilya” jamoasini ham boshqarishi mumkin.

Alvaro Arbeloa 2022 yilning yozidan beri “Real Madrid U-19”ni boshqarib kelmoqda. Bu Arbeloaning bosh murabbiy sifatidagi birinchi ishi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayer Xabi Alonso Al'varo Arbeloa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing