“Real” afsonasi terma jamoani boshqarishi mumkin
Sport
−
05 noyabr
2200“Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Raul Gonsales yaqinda ukrainalik murabbiy Aleksandr Petrakov tark etgan Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Armen Nikogosyan ma’lum qildi.
Nikogosyanga ko‘ra, Raul Armaniston terma jamoasi murabbiyi lavozimiga ko‘rib chiqilayotgan bir necha nomzodlardan biri. Muzokaralar qiyin kechmoqda, chunki federatsiyaning mashhur murabbiylarga to‘lash uchun yetarli darajada mablag‘i yo‘q.
“Biz ikki variantni ko‘rib chiqyapmiz. Ko‘plab nomzodlar bor, jumladan Raul. Rui Mota bilan muzokaralar olib borilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deydi Nikogosyan.
Ma’lumot uchun, 2019 yildan buyon Raul“Real Madrid”ning o‘rinbosarlar jamoasi “Kastilya”ga ustozlik qilib kelmoqda. Futbolchilik faoliyati davomida Raul “Real”, “Shalke 04”, “Al-Sadd” va “Nyu-York Kosmos” kabi klublarda to‘p tepgan.
LiveBarchasi