“Real” a’zosi o‘zi uchun terma jamoa tanladi

Sport

image

Ispaniya fuqaroligini olgan “Real Madrid” yarim himoyachisi Braim Dias Marokash terma jamoasida o‘ynashga qaror qildi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi Afrika terma jamoasining bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlari uchun allaqachon chaqiruv olgan Hozirda Marokash futbol federatsiyasi barcha kerakli hujjatlarni tayyorlamoqda.

Ma’lumot uchun, Braim Dias 1999 yilda Ispaniyada tug‘ilgan, ammo uning ota-onasi marokashlik. Hujumkor futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida atigi bitta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishga ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi o‘rtalarida Dias Ispaniya terma jamoasida o‘ynamoqchi ekanligi xabar qilingandi, biroq hozirga kelib futbolchining qarori o‘zgardi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Braim Dias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made