“Real” 9 yillik muvaffaqiyatsizligiga barham berdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi so‘nggi 9 yil ichida ilk bor Ispaniya kubogi finaliga chiqdi. 6 aprelga o‘tar kuni kubok 1/2 finalining javob o‘yinida Karlo Anchelotti jamoasi “Barselona”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi va umumiy hisobda turnirning hal qiluvchi o‘yiniga yo‘l oldi (Madriddagi birinchi o‘yin Qirollik klubi mag‘lubiyati bilan yakunlangandi - 0:1).

“Spotify Camp Nou”dagi bahsda mezbonlar darvozasiga gollarni Vinisius Junior va Karim Benzema kiritdi. Fransiyalik futbolchi xet-trik qayd etdi. 

9 yil avval, 2013/2014 yilgi mavsumda “qaymoqranglilar” yarim finalda “Atletiko”ni, finalda esa “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritgandi.

6 may kuni bo‘lib o‘tadigan joriy mavsum kubok finalida “Real” “Osasuna” bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Karlo Anchelotti “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing