“Real” 27 yillik super natijasini takrorladi

Sport

image

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Real Madrid” Ispaniya chempionatida qatorasiga 24 ta uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmayapti (18 g‘alaba, 6 durang). Bu haqda “Opta Sport” statistik portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya La ligasining 30-turida “Atletik Bilbao”ni mag‘lub etgan (2:0) “Real Madrid” jamoasi so‘nggi 27 yildagi eng yaxshi seriyasini takrorladi. Bunday natijaga oxirgi marta italiyalik mutaxassis Fabio Kapello boshchiligidagi “qaymoqranglilar” 1996/1997 yilgi mavsumda erishgan. O‘shanda “Real” 16 uchrashuvda g‘alaba qozongan va 8 uchrashuvda durang qayd etgan.

Ispaniya chempionatining 30-turidan so‘ng “Real” 75 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida, “Atletik” 56 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni band etgan.

“Qirollik klubi” keyingi o‘yinini Yevropa Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazadi. Jamoa 10 aprel kuni o‘z uyida “Manchester Siti” bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing