“Real” 27 yillik super natijasini takrorladi
Sport
−
01 aprel 2024 4456 1 daqiqa
Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Real Madrid” Ispaniya chempionatida qatorasiga 24 ta uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmayapti (18 g‘alaba, 6 durang). Bu haqda “Opta Sport” statistik portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya La ligasining 30-turida “Atletik Bilbao”ni mag‘lub etgan (2:0) “Real Madrid” jamoasi so‘nggi 27 yildagi eng yaxshi seriyasini takrorladi. Bunday natijaga oxirgi marta italiyalik mutaxassis Fabio Kapello boshchiligidagi “qaymoqranglilar” 1996/1997 yilgi mavsumda erishgan. O‘shanda “Real” 16 uchrashuvda g‘alaba qozongan va 8 uchrashuvda durang qayd etgan.
Ispaniya chempionatining 30-turidan so‘ng “Real” 75 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida, “Atletik” 56 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni band etgan.
“Qirollik klubi” keyingi o‘yinini Yevropa Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazadi. Jamoa 10 aprel kuni o‘z uyida “Manchester Siti” bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr