“Real” himoyachisi bilan yangi shartnoma tuzmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi yana kamida bir mavsum “Santyago Bernabeu” klubida qolishi mumkin. Vaskesning o‘zi hozirda yangi shartnoma bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib bormayotganini aytgan, lekin aslida futbolchining agenti “Real” bilan shartnomani uzaytirish borasida samarali muloqot qilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Lukasning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Vaskes so‘nggi “El-klasiko”da gol urdi, penalti ishladi va golli uzatmani amalga oshirdi. Lukas qaymoqranglilarning 3:2 hisobida g‘alabasiga eng katta hissani qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” yana bir futbolchisi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lukas Vaskes Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing