Rajab Toyib Erdo‘g‘an Buxoroda tibbiyot kolleji ochish bo‘yicha qaror qabul qildi
Olam
−
20 aprel 2019
8457Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonning Buxoro shahrida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti (Sağlık Bilimleri Üniversitesi) bilan hamkorlikda Ibn Sino tibbiy xizmatlar kollejini ochish bo‘yicha qarorni qabul qilgan. Bu haqda Turkiya universiteti rektori Jevdet Erdo‘l ma’lum qilgan.
Prezident Erdo‘g‘anning qarorining to‘liq matni 2019 yilning 17 aprel kuni Turkiyaning rasmiy qarorlar hamda qonunlar chop etiladigan nashri “Resmi gazete”da e’lon qilindi.
Sog‘liq bilimlari universiteti rektori Jevdet Erdo‘l, qarorning e’lon qilinishi ortidan qilgan bayonotida, “Ko‘ngil jo‘g‘rofiyamizda katta o‘rin egallagan O‘zbekistonga tibbiy ta’limdan tortib har jihatda dastak berishdan g‘urur his etishimizni aytib o‘tishni istayman. Biz manfaat ko‘zlamasdan har doim O‘zbekistonning yonidamiz”, deb ta’kidladi.
LiveBarchasi