Rayan Garsiya Xeyniga qarshi jang uchun kerakli vaznni qayd eta olmadi (video)
Sport
−
20 aprel
301121 aprelga o‘tar kechasi AQSHning Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan profboks oqshomining amerikalik Rayan Garsiya va Devin Xeyni o‘rtasidagi markaziy jangi oldi tarozi marosimida Garsiya belgilangan vazn me’yorini bajarmadi.
Garsiya ko‘pi bilan 63,5 kg vazn ko‘rsatishi kerak edi, lekin u belgilangan me’yordan 1,4 kg ko‘p tosh bosdi.
Hozirda Xeynining jamoasi esa Garsiyadan har bir ortiqcha funt uchun 500 ming dollar jarima talab qilmoqda.
Garchi Garsiya belgilangan talabni bajara olmagan bo‘lsa ham, tomonlar jangni o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldilar, biroq Rayan kamar uchun da’vogar sifatida jang qilmaydi va Xeyniga 1,5 million dollar to‘laydi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Rayan Garsiya shu vaqtga qadar profboksda 25 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning 24 tasida g‘alaba qozongan. U faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni 2023 yilning aprelida hamyurti Jervonta Devisdan qabul qilib olgan. Devin Xeyni esa 31 ta jangda qatnashib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U 15 ta to‘qnashuvda raqiblarini nokautga uchratgan.
Qayd etish joiz, aynan mana shu boks oqshomida o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev ham ringga ko‘tariladi. U fransiyalik Per Yuber Dibombe raqiblik qiladi.
LiveBarchasi