“Rayhon” milliy taomlar kafesidagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
04 may 2019 8716 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Rayhon” milliy taomlar kafesida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati mazkur yong‘in haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 3 may kuni Toshkent shahar Olmazor tumani “Quyosh” mahallasi Beruniy ko‘chasi 92-uyda joylashgan “Sumbula Rayxon” XKga qarashli umumiy ovqatlanish maskanining kabob pishirish joyidagi tutun tortish quvurining ichki qismi yongan.

“Xabar asosida voqea joyiga zudlik bilan 4 ta asosiy yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilib, qisqa vaqt ichida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tutun tortish quvurining 5 kv metr maydonda ichki qismi yongan”, deyiladi xabarda.

Hodisada tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisaning taxminiy sababi tutun tortish quvurining o‘z vaqtida tozalanmasligi ekani ta’kidlandi.
Live
Barchasi