Ravshan Ermatov yana bir lavozimga saylandi
Sport
−
03 Sentabr 2021
6015Kecha, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasining (CAFA) hakamlar qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Qo‘mitaning onlayn yig‘ilishida tashkilotga a’zo mamlakatlar – Eron, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirok etdi. Konferensiyani Ravshan Ermatov hamda tashkilot bosh kotibi tojikistonlik Ulug‘bek Karimov olib bordi va CAFA tomonidan mintaqada hakamlikni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish va musobaqalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Konferensiyada joriy yilning oktyabr oyida o‘tkaziluvchi U-18 va noyabr oyidagi U-15 chempionatlarida hakamlarning zamonaviy talablarga mos ravishda faoliyat olib borishi kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan doimiy ravishda amaliy va nazariy kurslar tashkil etilishi, VAR tizimi ko‘nikmalarini egallash bo‘yicha mashg‘ulotlar, FIFA va AFC dasturlari asosida o‘quv-yig‘inlarida ishtirok etishi, muntazam onlayn seminarlar o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.
LiveBarchasi