Ravshan Ermatov og‘ir judolikka uchradi
Sport
−
14 avgust
21072O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Uzoq yillar davomida iqtidorli sportchilarni tayyorlagan, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan Sayfiddin Ermatovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari hamda oilasiga ta’ziya bildiramiz”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, Sayfiddin Gaziyevich Ermatov 1953 yil 22 fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Yillar davomida millionlar o‘yini bilan shug‘ullanib kelgan. Jumladan “Paxtakor”, “Spartak” va “Avtomobilchi” jamoalarida to‘p surgan. Shundan so‘ng Sayfiddin Gaziyevich “Paxtakor” bolalar-o‘smirlar sport maktabi va xalq orasida “Chig‘atoy” nomi bilan mashhur bo‘lgan futbol bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futboldan saboq bergan. Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida samarali mehnat qilgan.
Shuningdek, tarkibida Server Jeparov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Yaroslav Krushelniskiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.
LiveBarchasi