Ravshan Ermatov Odil Ahmedov jamoasining OCHLdan o‘rin olgan o‘yinini boshqaradi
Sport
−
26 aprel 2019
4984O‘zbekistonlik bir qator hakamlar Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlash uchun takliflar olishdi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Jumladan, OCHL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi o‘z maydonida BAAning “Al-Ayn” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinni Valentin Kovalenko boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenk va Temur Gaynullin yordam berishadi. To‘rtinchi hakam ham O‘zbekistondan - Aziz Asimov. “Al-Hilol” – “Al-Ayn” uchrashuvi 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
7 may kuni Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoasi Xitoyning “Shanxay SIPG” klubini qabul qiladi. Bu uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam – Sherzod Qosimov.
Shu kuni Taylandda bo‘lib o‘tadigan “Buriram Yunayted” – “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) uchrashuvida esa bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev ishlaydi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Ruslan Serazetdinovlar yordam berishadi.
LiveBarchasi