Ravshan Ermatov Ahmadjonovning o‘rnini egallaydi

Sport

image

Xabaringiz bor, biroz oldin 2017 yildan beri O‘FAni boshqarib kelayotgan Umid Ahmadjonov rasman iste’fo bergan edi.

QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda O‘FA vitse-prezidentligiga birinchi nomzod sifatida FIFA hakami Ravshan Ermatov ko‘rilmoqda.

Ravshan Ermatov 1977 yilning 9-avgustida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Futbolchi bo‘lish orzusida bo‘lgan Ermatov 18 yoshigacha "Paxtakor" futbol maktabida shug‘ullangan. Ammo oyog‘idan olgan og‘ir jarohati tufayli futboldan ketishga majbur bo‘ladi. 

Shundan so‘ng u otasi Sayfiddin Ermatov yordamida hakamlikni sir-sinoatlarini o‘rganishga tushdi. Uning ilk muvofaqqiyati JAR yashil maydonlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatiga to‘g‘ri kelgan edi. O‘sha mundialda Ermatov debyutant sifatida 5 ta o‘yinni boshqarib borgan edi. Bu hakamlikdagi uning ilk rekordi hisoblanadi.

Shundan so‘ng Braziliya va Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatlarida ham 6 ta o‘yinni boshqarib bordi va umuiy hisobda 11 ta o‘yin bilan yakka rekordchi bo‘lib turibdi. Ermatov bu yutuqlardan tashqari 5 karra Osiyoning eng yaxshi hakami hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Ravshan Ermatov

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing