Raul Kastroning nabirasi Trampga maxfiy xat yubordi
Olam
−
17 aprel 2641 1 daqiqa
Kuba sobiq rahbari Raul Kastroning nabirasi Rodriges Kastro AQSH Prezidenti Donald Trampga maxfiy xat yubordi. Biroq uning maktubi Mayami aeroportida ushlab qolindi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rodriges Kastro Donald Tramp e’tiborini jalb qilish uchun noodatiy urinish sifatida o‘tgan haftada odatiy diplomatik kanallardan tashqarida Oq uyga shaxsiy maktub yetkazishga uringan.
Ushbu xat Gavanadagi badavlat tadbirkor orqali yetkazishga harakat qilingan. Maktub diplomatik yozishma uslubida tayyorlangan va unda Kuba rasmiy muhri ham bo‘lgan. Unda “Kuba hukumati AQSHga qarshi harbiy harakat boshlashi mumkin”, degan ogohlantirish yozilgan.
Qolaversa, ushbu yashirin xatda Trampga iqtisodiy va investitsion kelishuvlar, shuningdek, sanksiyalarni yumshatish taklif qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes Donald Trampning bosimlariga bo‘yin egmasligini va hali iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirgandi.
Live
Barchasi