Rasul Kusherboyev ko‘pchilikka yoqmasa ham, menga yoqadi – Prezident
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
14701O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqida o‘zining faolligi va bo‘layotgan voqealarga ta’sirchanligi bilan tanilgan deputat Rasul Kusherboyev haqida gapirdi.
“Deputat Rasul Kusherboyev (O‘zLiDep fraksiyasidan – tahr.) ko‘pchilikka yoqmasa ham, menga yoqadi. Qani u, turing. Yangi deputatlar ta’sirchan parlament nazoratini olib borish bilan xalq ishonchini qozonishi lozim”, deydi Prezident.
So‘nggi ikki yilda 14 marta hukumat soati tashkil etilgan bo‘lib, 17 ta vazirlik, idoralar rahbarlari parlamentda hisobot berdi.
“Orangizda jonkuyar deputatlar bor. Amaldorlarning tartib buzishi, axloq-odob qoidalariga bo‘ysunmasligiga deputatlar bir chetda jim qarab turmasligi kerak”, deb ta’kidladi davlat rahbari.
Prezident uch deputat nomini aytib, o‘rnidan turishini so‘radi. Ularga jonkuyarligi uchun minnatdorlik bildirdi.
LiveBarchasi