Samarqandda qalin qor va muzlama sabab ayrim yo‘llar yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 22 yanvar kuni Samarqand viloyati avtomobil yo‘llarida vaziyat murakkablashuvi tufayli IIBning YHX boshqarmasi maxsus choralar ko‘rmoqda.

Xususan Samarqand shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi hamda obodonlashtirish boshqarmalari hamkorligida yo‘llardagi muzlamalarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Undan tashqari M-39 “Almati-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati Urgut tumanidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tgan qismida bugun, 22 yanvar kuni soat 11:00da avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatildi.

YHX boshqarmasi tomonidan qayd etilishicha, dovondagi yo‘llar qalin qor bilan qoplangan.

Ma’lumot uchun, meterologiya xizmatlari shu kecha-kunduzda Samarqand viloyatida havo harorati 0...- 6 daraja sovuq bo‘lishini xabar qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing