Prezident Mehriddin Abdullayevni yangi lavozimga tayinladi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2019
19470O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Mehriddin Razzoqovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mehriddin Abdullayev 1969 yil Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Mehriddin Abdullayev o‘z mehnat faoliyatini 2003 yilda Markaziy bankning Jondor tumani bo‘limida boshlagan. Kelgusida mamlakatning bank tizimida qator raxbar lavozimlarida, xususan, “Asaka” banki filiali boshqaruvchisi, Markaziy bankning hududiy boshqarmasi raxbari, Milliy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2010 yildan mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida davom ettirib, Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori, Moliya vazirining o‘rinbosari, Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2016-2017 yillar davomida Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
LiveBarchasi