Rasmiy Toshkent xalqaro tashkilotlarning besoqolbozlik bo‘yicha talabini bajaradimi? So‘z ombudsmanga
Jamiyat
−
19 mart 2021
15929Bir necha kundirki O‘zbekiston jamoatchiligi orasida bir jinslilar o‘rtasidagi munosabat masalasi kun tartibida turibdi.
Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkilotining rasmiy Toshkentga O‘zbekiston jinoyat kodeksidan noan’anaviy jinsiy oriyentatsiya vakillariga qo‘llanadigan jazoni bekor qilishni so‘rab murojaat yo‘llagani siyosiy va diniy doira vakillarining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Albatta, ushbu so‘rovni qondirish taklifini bildirayotgan "aqli raso"lar ham yo‘q emas.
Human rights watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti O‘zbekistonning yangi Jinoyat kodeksidan leysbiyanka, gomoseksualist, biseksual va transgenderlarga nisbatan jazoni bekor qilishni so‘rayapti. Xo‘sh, rasmiy Toshkent tashkilot talabini qondirishi mumkinmi? O‘zbekistondagi huquq faollari nima deydi?
Bugun, 18 mart kuni QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova bilan muloqot qilib, yuqoridagi savollar bilan yuzlandi.
“Bu masalaga qisqa javob berishim mumkin. O‘zbekiston qonunlarida bu [bir jinslilar o‘rtasidagi munosabat] taqiqlangan. O‘ylaymizki hammamiz mazkur qonunlarga amal qilishimiz shart”, deydi Eshmatova.
Bu masala odamlar orasida tobora qizg‘in muhokama qilinayotgani sababli QALAMPIR.UZ jamoatchilikka yaxshi tanish bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Abror Muxtor Aliy bilan “Millat nomusi xavf ostida yoxud besoqolbozlik – beorlik” mavzusida jonli efirda suhbat uyushtirdi. Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ'ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi