Rasmiy Toshkent Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlamoqda
Jamiyat
−
08 Sentabr 2021
10497Avvalroq, “Tolibon” harakati Afg‘onistonning yangi hukumatini shakllantirgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Afg‘onistonda hukumat tuzilgani yuzasidan bayonot berdi.
Bayonotda O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlashi ta’kidlangan.
“Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko‘lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tomon ilk qadam bo‘lib qoladi.
Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz”, deyiladi bayonotda.
Afg‘onistonda tuzilgan yangi hukumat tepasiga Muhammad Hasan Oxun keldi. Biroq, e’lon qilingan hukumatning ushbu tarkibi vaqtinchalik bo‘lib, kelajakda yana o‘zgarishi mumkin.
LiveBarchasi