Rasmiy Toshkent Afg‘oniston maktablariga qizlarni qaytarishga bosh qo‘shmoqchi

Olam

image

O‘zbekiston Afg‘oniston yangi hukumati jahon hamjamiyatining asosiy talablarini bajarishini, xotin-qizlar huquqlariga rioya qilish va qizlarning to‘laqonli maktab ta’limini olishini ta’minlashga yordam beradi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Yusup Qobuljonov aytganlaridan ayon bo‘lmoqda. 

25-26 iyul kunlari Toshkentda "Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun “Tolibon” vakillari allaqachon Toshkentga yetib kelgan

Yusup Qobuljonovga ko‘ra, bo‘lajak konferensiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

•    Afg‘oniston yo‘nalishida xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakatlarini, ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishi, afg‘on xalqiga shoshilinch gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish; 

•    Afg‘oniston yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablarini (keng vakillik asosida hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlariga rioya qilish va qizlarning to‘laqonli maktab ta’limi olishini ta’minlash) bajarish jarayonini tezlashtirish masalasida xalqaro samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish. Bu Afg‘onistondagi milliy yarashuv jarayonini oxiriga yetkazishning asosiy sharti bo‘ladi; 

•    Afg‘oniston Muvaqqat hukumati tomonidan ushbu mamlakat hududidan qo‘shni davlatlar, mintaqaning boshqa davlatlari va butun dunyo xavfsizligi manfaatlariga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olgan majburiyatlarni tasdiqlash;

•    Afg‘onistonning chet eldagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan chekovlarni bekor qilish, shuningdek, mamlakat hududida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligini tushuntirish. 

Qayd etilishicha, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat minglab ish o‘rinlarini yaratishga, afg‘on jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga, balki Afg‘oniston zaminida uzoq kutilgan tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot

Baholaganlar

313

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing