Rasman: Joshua kimga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
07 iyul 2023 5480 1 daqiqa
Superog‘ir vaznli bokschi Entoni Joshua navbatdagi jangini Dillian Uaytga qarshi o‘tkazadi. Mazkur jang 12 avgust kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi “O2 Arena”da markaziy to‘qnashuv maqomida o‘tkaziladi.
Bu jang Buyuk Britaniyalik bokschi Dillian Uayt uchun revansh jangi hisoblanadi. U 2015 yili bo‘lib o‘tgan dastlabki to‘qnashuvda hamyurti Entoni Joshuaga muddatidan oldin mag‘lub bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Joshua prof boksdagi faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazib, 25 marta g‘alabaga erishgan va 3 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Uning raqibi Uayt esa 32 ta jangda ishtirok etgan hamda Joshua kabi 3 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan.
Joshua so‘nggi jangini joriy yilning 1 aprel kuni Jermeyn Franklinga qarshi o‘tkazib, zafar quchgan. Qiziq tomoni Uayt ham oxirgi jangida (2022 yilning 26 noyabrida) Franklin bilan to‘qnash kelib, g‘alabaga erishgan.
Live
Barchasi