Rasman: yangi Mudofaa vaziri tayinlandi
Jamiyat
−
24 noyabr
8369Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, tegishli farmonlar bilan Bahodir Nizomovich Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Mudofaa vaziri Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedovga 2021 yil 23 martda Prezident farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berilgan. U Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni QALAMPIR.UZ manbasi tayanib, Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov Mudofaa vaziri etib tayinlanishini xabar qilgan edi.
LiveBarchasi