Rasman: O‘zbekistonning Mudofaa doktrinasi o‘zgartiriladi

Jamiyat

image
Rossiya Markaziy Osiyoda ham harbiy operatsiya o‘tkazadi(mi?) north_east

Rossiya Markaziy Osiyoda ham harbiy operatsiya o‘tkazadi(mi?)

O‘zbekistonning Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik konsepsiyasi o‘zgartiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – mamlakat Qurolli kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda so‘z ochdi.

Yig‘ilishda zamonaviy xavf va tahdidlarning mazmuni ham, ko‘lami ham kundan-kunga o‘zgarib borayotgani, mudofaa va xavfsizlik sohasi oldiga katta vazifalar qo‘yilayotganini inobatga olib, davlat rahbari sakkiz yil oldin qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997 yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelganini ko‘rsatib o‘tdi.

Yangi Mudofaa doktrinasi mamlakatni hech qaysi harbiy blokka qo‘shilmaslik maqomini saqlab qoladi. Ko‘p tomonlama diplomatiyaga tayanishda davom etadi. Shuningdek, yuqori texnologiyalarga asoslangan strategiya, harbiy mustaqillik va mintaqaviy barqarorlik yo‘nalishida rivojlanishini ta’minlashi lozimligi aytilgan. 

“Umuman, yangi doktrina armiyani texnologik yangilash va ilg‘or harbiy yechimlarni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xavfsizlik kengashi yig'ilishi Mudofaa doktrinasi Milliy xavfsizlik kontseptsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing