Rasman: O‘zbekistonlik jangchining GFL dagi ilk raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)
Sport
−
25 yanvar 2025 4394 1 daqiqa
Yarim yengil vazn toifasida MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov GFL turnirida Adilet Nurmatovga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Humoyun To‘xtamurodov Dubayda tashkil etiladigan turnirda qirg‘izistonlik Adilet Nurmatovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Musobaqa qachon o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Shuningdek, ushbu turnirda taniqli jangchilardan Damir Ismagulov, Tofiq Musayev, Tayron Vudli, Abubakar Nurmuhammedov, Lyuk Rokxold, Derek Branson kabilar oktagonga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Muhiddin Mamajonov, Amirxon Alixo‘jayev, Humoyun To‘xtamurodov, Saidyoqub Qahramonov kabi o‘zbek jangchilari “Global Fight League” bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust