Tezkor: O‘zbekistonda karantin 1 iyungacha uzaytirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 may kuni  o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini yumshatishni bosqichma-bosqich davom ettirish orqali iqtisodiy faollikni tiklash hamda aholining ishlashi va daromad olishini ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilab berilgan edi. 

Xususan, ushbu yig‘ilishda “yashil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi qayd etildi. 

Shu bilan bir qatorda videoselektor yig‘ilishda ba’zi joylarda berilgan erkinlikni noto‘g‘ri tushunib, aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz ko‘chalarni to‘ldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunday holatlar hamda oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni yana oshayotgani hammani hushyor bo‘lishga chaqiradi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14 maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1105

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made