Rasman: O‘zbekistonda Qurbon hayiti 31 iyulda nishonlanadi
Jamiyat
−
24 iyul 2020
9260O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qurbon haytini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 31 iyul, juma kuni Qurbon hayitining birinchi kuni O‘zbekistonda keng nishonlanadi.
Bayram tadbirlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi.
Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayitining birinchi kuni 31 iyulga to‘g‘ri kelayotganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayiti joriy yilning 24 may kuni nishonlangandi.
LiveBarchasi