Qurbon hayiti munosabati bilan Mirziyoyevni kimlar tabrikladi? (ro‘yxat)
Jamiyat
−
28 iyun 2023
15553Qurbon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda.
Qutlovlarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga hurmat-ehtirom, tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakat bilan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirish va mustahkamlashga intilish tasdiqlangan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
- Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev;
- Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov;
- Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon;
- Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
- Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
- Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev;
- Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev;
- Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
- Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy;
- Kuvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Ummon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;
- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
- Iroq Prezidenti Abdullatif Jamol Rashid;
- Suriya Prezidenti Bashar Asad
- Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
- Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
- Kuvayt valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;
- Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
- Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
- Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
- Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
- Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Salim al-Malik;
- Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shavkat Mirziyoyev Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan o‘zaro telefon orqali muloqot qilgan va bir-birlarini Qurbon hayiti bilan qutlagandi.
LiveBarchasi