Toshkentda Qurbon hayiti namozi vaqtida qaysi ko‘chalar yopilishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
27 iyun 2023
5081Ertaga, 28 iyun kuni soat 00:00 dan 7:30 gacha Toshkent shahrining bir qator ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qurbon hayiti namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi:
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- “To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi;
- Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
- “Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani:
- “Islomobod” masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – THAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha
- “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
- “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
- “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al-Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al-Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
- “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha;
- “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
- “Abdulloh ibn Mas’ud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
- “Minor” masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – THAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.
- Yakkasaroy tumani:
- “Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – THAY – Qushbegi chorrahasidan THAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
- “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi – Imom Buxoriy – Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon – Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
- “Qo‘liq ota” masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.
- Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi