Rasman: Toshkent yana karantinga yopiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga muvofiq kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazoratini ta’minlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi. 

Xususan, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarni blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 mart kuni kechki soat 00:01 dan Toshkent shahriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan transport vositalarining kirishi va poytaxtdan chiqishi to‘xtatilgandi.

Bunda Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi. Keyinroq ushbu cheklovlar bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

3493

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing