Tibbiyot OTMlarida an’anaviy shaklda o‘qish boshlanadi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2020
12059Bugun, 2 oktyabrdan boshlab tibbiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatdagi bitiruvchi kurslari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qishlar boshlanadi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilangan.
Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi shunday qarorga kelgan. Bu haqda "Hudud24" xabar berdi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus vazirligining koronavirus pandeiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuvoriligini inobatga olib,tibbiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi kurslari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun joriy yilning 1 oktyabridan o‘quv jarayonlarini an’anaviy shaklda boshlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”, deyiladi Maxsus komissiya qarorida.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha mamlakatda koronavirus pandemiyasi sabab OTMlar faoliyati masofaviy shaklda olib borilayotgandi. Maktab va bog‘chalar esa bosqichma-bosqich ochila boshlagan.
LiveBarchasi