Rasman: OTMga kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlanadi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari sentyabr oyining boshida boshlanadi. Bu haqda DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi:

"Avgust oyida barcha binolar va stadionlarni jihozlashni amalga oshiramiz, sentyabr oyi boshida test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan", dedi Rajabov.

Imtihonlar 2 sentyabrdan boshlanadi va 12-14 kun davom etadi. Bir kunda 2 smenada test olinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hududlardagi markaziy stadionlarda o‘tkaziladi. 

Test sinovlari uchun 155 stadiondan 40 ga yaqin stadion jalb etilishi rejalashtirilgan. Stadionning soyalik darajalari va boshqa sharoitlarga e’tibor qaratilgan. 

Soyabonlar qo‘yilishi masalasiga ham e’tibor qaratiladi. Ota-onalar uchun kutish joylari, shifokorlarga sharoit yaratish kabi tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

406

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing