Rasman! Svetlana Ortiqova sobiq rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image
Svetlana Ortiqova kim? Uning qanday o‘tmishi bor? north_east

Svetlana Ortiqova kim? Uning qanday o‘tmishi bor?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Svetlana Boymirzayevna Ortiqova O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Bosh prokuraturaga ishga o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Shundan so‘ng, Oliy Majlis Senati Svetlana Boymirzayeva Ortiqovaning vakolati O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan muddatidan avval tugatilganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Svetlana Ortiqova 2015 yilning 20 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Senat a’zoligiga tayinlangandi. Ortiqova O‘zbekiston parlamentining Yuqori palatasida 2015 yildan 2019 yilga qadar Senatga raislik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshevga o‘rinbosarlik qilgandi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil iyunida O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Senat Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing