Rasman: Svetlana Ortiqova Prezident farmoni bilan senatorlikdan olindi
Jamiyat
−
07 noyabr 2019 10254 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Senat raisi o‘rinbosari Svetlana Boymirzayevna Ortiqova O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Senati mazkur tayinlov yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 7 noyabrdagi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Svetlana Ortiqovaning vakolati muddatidan avval tugatildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi Farmoniga asosan Svetlana Baymirzayevna Artikova O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28