Rasman: “Saidaziz medgorodok” qamoqqa olindi
3-sahifa
−
02 dekabr 2023
34283Avvalroq, Toshkentda jinoiy to‘dalar, “ko‘cha bolalari”ga qarshi reydlar boshlangani, unda “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu xabarni rasman tasdiqlab, Saidaziz Saidaliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari doirasida bir qator jinoiy holatlar aniqlangan.
“Toshkent shahrida “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan 1987 yilda tug‘ilgan Saidaziz Saidaglamovich Saidaliyev sport bilan shug‘ullangan jismonan baquvvat bo‘lgan bir nechta shaxslarni o‘z atrofiga jalb qilib, bir nechta jinoyatlarni sodir etgan. Xususan, qarzdorlik va boshqa muammolari bo‘lgan shaxslarni muammolarini qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish evaziga moddiy jihatdan manfaatdor bo‘lish, tahdidlar yo‘li bilan pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish, bezorilik va tamagirlik holatlari shular jumlasidandir.
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi Saidaziz Saidaliyev va boshqa bir nechta shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
IIBB fuqarolardan Saidaziz Saidaliyev yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-66, 71-206-49-46 yoki 102 raqamiga yoxud yaqin oradagi IIOga murojaat qilishlarini so‘ragan.
“Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi. Unutmang, qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar!” deyiladi xabarda.
LiveBarchasi