Rasman: Saudiya Arabistoni chegaralarini qachon ochishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Saudiya Arabistoni joriy yilning 17 mayidan boshlab o‘z chegaralarini ochadi va fuqarolariga boshqa mamlakatlarga sayohat qilish uchun cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilgan. 

"2021 yil 17 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:00 dan boshlab fuqarolarning sayohat qilishidagi cheklovlar bekor qilinadi hamda boshqa mamlakatlar bilan suv, quruqlik va havo aloqalari tiklanadi", deyilgan Ichki ishlar vazirligi xabarida. 

Xabarga ko‘ra, chet elliklar Saudiya Arabistoniga kelgandan keyin 14 kunlik majburiy karantindan o‘tishlari kerak. 

Saudiya Arabistonida o‘tgan kunda 1000 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi. Pandemiya boshlanganidan buyon tasdiqlangan holatlar soni 401,5 ming kishiga yetgan. 6,9 mingdan ko‘p bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing