“Sariq” va “yashil” hududlarda muzey, sayilgoh va galereyalar faoliyatiga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 22 mayidan boshlab “Sariq” va “Yashil” toifaga kiritilgan hududlarda quyidagilar faoliyatiga ruxsat berildi:

•    ochiq sayilgoh,
•    muzey,
•    san’at galereyalari

O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarn tana xaroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlarini oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing