Rasman: Rossiyada O‘zbekistondan ko‘chib o‘tganlarni urushga tortish masalasi ko‘rilyapti
Olam
−
22 Sentabr 2022
37154Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi. Bu qaror Markaziy Osiyodan ko‘chib kelganlarga qaratilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kiril Kabanov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Uning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlik doirasida Rossiya Federatsiyasining 10 yildan kam muddatga Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan yangi fuqarolari – Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun bir yil davomida majburiy harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.
Kabanovga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan ko‘chib o‘tgan fuqarolarga taalluqli.
Uning ta’kidlashicha, harbiy xizmatdan bosh tortganlarning o‘zi ham, oila a’zolari ham fuqarolikdan chiqariladi.
“Harbiy burchni bajarishdan bosh tortish nafaqat harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxsni, balki uning oila a’zolarini ham Rossiya fuqaroligidan mahrum qilishga olib kelishi kerak”, deydi Kabanov.
Kabanovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu tashabbusning amalga oshirilishi yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlar hukumati tomonidan o‘z fuqarolarining “maxsus harbiy operatsiya”da ixtiyoriy ravishda ishtirok etishini rasman taqiqlashiga adekvat javob bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra 300 ming Rossiya fuqarosi jangovar hududga boradi.
LiveBarchasi