Rasman: Rossiya Kiyev va Chernigovdagi harbiy harakatlarni sezilarli kamaytirishga qaror qildi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollikni keskin kamaytirishga qaror qildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksandr Fomin o‘qib eshittirgan Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralari yakunlari bo‘yicha vazirlik bayonotida aytiladi. 

“Ukrainaning betarafligi va yadrosiz maqomi to‘g‘risidagi shartnomani tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish bo‘yicha muzokaralar bugungi uchrashuvda muhokama qilingan tamoyillarni hisobga olgan holda amaliyotga tadbiq etilayotgani sababli, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tomonidan o‘zaro ishonchni oshirish va keyingi muzokaralar va yakuniy maqsadga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish – yuqoridagi bitimni tasdiqlash va imzolash uchun – Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollikni tubdan sezilarli qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, vaziyat tegishli muhim qarorlar Kiyevda qabul qilinishi va bundan keyin normal ishlash uchun sharoit yaratilishi kerakligidan kelib chiqadi. 

Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Rossiya delegatsiyasi Moskvaga qaytishi bilan qabul qilingan qarorlar haqida batafsil ma’lumot berishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 

Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing