Rasman: Poytaxtdagi savdo markazlari elektr energiyasidan uziladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi barcha savdo markazlari, istirohat bog‘lari hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ishlash vaqti ertalab soat 10:00 dan 17:00 ga qadar cheklandi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo haroratining keskin pasayshi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz ta’minotini uzluksiz yetkazish maqsadida, shahardagi oziq-ovqat do‘konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shohobchalari, ko‘ngil ochar savdo markazlari va istiroxat bog‘lari qisqartirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi. 

“Shu bois, barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalari, ko‘ngil ochar savdo markazlari va istiroxat bog‘lari ish faoliyatini ertalab soat 10:00 dan 17:00ga qadar amalga oshirishi lozim”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ish vaqtidan so‘ng, barcha elektr asboblari, isitish uskunalarini o‘chirilgan holda elektr va gaz iste’molini to‘xtatish talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent savdo markaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing