TIV Vatanga qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarning noroziliklariga javob qaytardi
Jamiyat
−
14 may 2020
16998So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan olib ketish uchun tashkil etilayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi vatandoshlarning va blogerlarning o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish jarayonidan norozi bo‘lib bildirgan fikrlari va videolavhalari tarqalmoqda.
Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, joriy yilning 12 may holatiga ko‘ra, elchixona Konsullik bo‘limi tomonidan tuzilgan onlayn-ro‘yxatga Vatanga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi kiritilgan. Bu kabi ro‘yxatlar O‘zbekistonning Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan ham yuritilib, ularda taxminan 10 mingga yaqin fuqaro qayd etilgan. Joriy yili 11-12 may kunlarining o‘zida 14 ming vatandosh O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘rab elchixonaga murojaat qildi.
Hozirgi vaqtda elchixona o‘z imkoniyatlari va vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqishga barcha kuchlarini safarbar qilgan. Tezkor shtab tuzilgan, 9 ta xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib, u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.
“Ma’lumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. Shu sababli elchixona diplomatlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralganda vatandoshlarimizdan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini va tegishli hujjatlarni taqdim etishlarini so‘raymiz.
Bundan tashqari, so‘nggi kunlarda elchixona va Konsullik bo‘limi atrofida charter reyslari orqali O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz to‘planishi kuzatilmoqda. Ushbu holat turli kasalliklar, shu jumladan, COVID-2019 koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini orttiradi”, deyiladi TIV xabarida.
Qayd etilishicha, elchixona Rossiyadan uchib ketishni xohlagan fuqarolar ro‘yxatini o‘z konsullik okrugi (Markaziy federal okrug) doirasidagina olib bormoqda. Rossiyaning boshqa hududlarida bo‘lib turgan vatandoshlar O‘zbekistonning tegishli Bosh konsulxonalariga murojaat qilishlari mumkin:
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi– Shimoli-G‘arbiy federal okrug. e-mail: gkruspb@mail.ru +78126010628, Telegram, WhatsApp, Viber, Imo +998909942747;
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi– Janubiy federal okrug va Shimoli-Kavkaz federal okrugi. e-mail: uzbek.rnd@mail.ru; rostov@mfa.uz +7 863 2855057;
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi– Volgabo‘yi federal okrugi. e-mail: kazan@mail.ru +7 843 5265565; +7 843 5265563;
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi– Ural federal okrugi. uzgenconsul-eka@mail.ru abdusalomx@yahoo.com Tel.: + 7 (343) 2723133; +7 965 5194222;
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi– Sibir federal okrugi. e-mail: consul2011@inbox.ru 8(383)2460485, 2460484, 2460463, 2460464;
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi– Uzoqsharqiy federal okrugi. e-mail: gkuzvlv@mail.ru; +74232604800, + 7 964 431 16 16.
“Elchixona Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning COVID -19 koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirlari va Vatanga, o‘z oila va yaqinlari bag‘riga qaytish istagini yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, elchixona Rossiyadagi vatandoshlarimiz to‘qnash kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklar haqida ham xabardor bo‘lib, shu kunlarda “Mehr” loyihasi doirasida fuqarolarimizga bir marta beriladigan moddiy yordam to‘lab berishni boshladi”, deya yakunlangan TIV bayonoti.
Avvalroq, 24 maygacha 12 ta charter reys amalga oshirilishi, shularning 7 tasi Rossiya shaharlaridagi o‘zbekistonliklarni ortga qaytarishi haqida xabar bergan edik. Keyinroq ushbu reyslar uchun samolyot chiptalarining narxlari ham e’lon qilindi.
LiveBarchasi