Rasman: OTMga o‘qishga kirish uchun hujjatlar 20 iyundan topshiriladi

Jamiyat

image

Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda – Davlat xizmatlari markazlari orqali.

barcha hududlarda:

•    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 

•    Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlar topshirilish 15 iyundan 15 iyulgacha o‘tkazish rejalashtirilgandi.

Ma’lumot uchun, joriy yildan abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing