Rasman! Otabek Shukurov turk klubi futbolchisiga aylandi

Sport

image

O‘zbekitson milliy terma jamoasi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” klubi futbolchisi Otabek Shukurov Turkiyaning “Fotih Karagumruk” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda Istanbul jamoasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerakki, Otabek Shukurov turk klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Hozircha kelishuvning moliyaviy tafsilotlari ochiqlanmagan. Biroq shunisi aniqki, ushbu bitim Shukurov uchun moliyaviy tarafdan “Sharja”dagi kabi foydali bo‘lmaydi. Otabekning asosiy maqsadi o‘zini kuchliroq chempionat va klubda sinab ko‘rishdir.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Otabek Shukurov “Sharja” tarkibida 24 o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi. U 2017 yildan buyon sharjaliklar tarkibida o‘ynab kelayotgandi. “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 4 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing